Kuzatuvchi » Siyosiy » XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI TO‘LAB BERILISHI BELGILANGAN

XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI TO‘LAB BERILISHI BELGILANGAN

Hukumat 20.09.2022-yil kungi 515-son qarori qabul qilingan va qaror bilan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan 

Nizomga ko‘ra, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash tartibi belgilangan.

Nafaqa Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan farzand tug‘ilgunigacha minimal iste’mol xarajatlari (621 000 so‘m)ning 4 baravari miqdorda beriladi.

Shunga ko‘ra, yuridik shaxslarning nafaqa to‘lash majburiyati Jamg‘arma hisobidan to‘langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma’lumotlar mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.

“Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Plastik karta bo‘lmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd ko‘rinishda beriladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH

personmaftuna 12-08-24, 23:22
0 DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA QABUL QILISH BOʻYICHA DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

Prezidentning 19.07.2024-yildagi F-36-son farmoyishi bilan 2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga...

ИЖАРАДА ЯШАЙДИГАН ЁШ ОИЛАЛАРНИНГ ИЖАРА ТЎЛОВИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 16:54
0 ИЖАРАДА ЯШАЙДИГАН ЁШ ОИЛАЛАРНИНГ ИЖАРА ТЎЛОВИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 07.06.2022 йил кунги 312-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан, “ёшлар дафтари”га...

YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILDI

personmaftuna 14-02-25, 23:50
0 YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2025-yildagi 6-son qarori bilan 24.11.2021-yildagi “Qishloq х oʻjaligiga moʻljallangan yer...

menu
menu