Kuzatuvchi » Siyosiy » QAYTA TIKLANUVChI ENERGIYa MANBALARI QURILMALARI O‘RNATGANLARGA QANDAY IMTIYoZLAR BERILADI?

QAYTA TIKLANUVChI ENERGIYa MANBALARI QURILMALARI O‘RNATGANLARGA QANDAY IMTIYoZLAR BERILADI?

Prezidentning PQ-13-sonli qaroriga asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi imtiyozlar beriladi: 

1) umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran uch yil muddatga quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:      

1) ushbu qurilmalar bo‘yicha - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

2) alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha - yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

3) elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo‘yicha - foyda solig‘i.

4) uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

5) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i.

2) qurilmalar o‘rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo‘lmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan taqdirda, soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab o‘n yil muddatga qo‘llanadi.

3) mazkur soliq imtiyozlari jismoniy shaxslarga ular tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilganda har bir ob’ekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.

4) bunda soliq imtiyozlarining yillik miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha - bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa - bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi lozim. 

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

QISHLOK ХOʻJALIGIDA SUV OLISH LIMITLARI ХALQ DEPUTATLARI

personmaftuna 28-10-24, 15:48
0 QISHLOK ХOʻJALIGIDA SUV OLISH LIMITLARI ХALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI TOMONIDAN TASDIQLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ СПОРТ АКАДЕМИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 04-06-24, 14:05
0 ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ СПОРТ АКАДЕМИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-197-сон,...

SUDDA VAKILLIK QILISHI MUMKIN BO‘LMAGAN SHAXSLAR

personmaftuna 14-05-24, 02:38
0 SUDDA VAKILLIK QILISHI MUMKIN BO‘LMAGAN SHAXSLAR

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 70-moddasida asosan, quyidagilar sudda vakillik qilishi...

menu
menu