Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH TUZISH TARTIBI

NIKOH TUZISH TARTIBI

Oila kodeksining 13-moddasiga asosan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.

Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.

Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.

Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishiga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

XODIMNI HAR YILGI MEHNAT TA’TILIDAN CHAQIRIB OLISH MUMKINMI?

personmaftuna 19-09-24, 00:22
0 XODIMNI HAR YILGI MEHNAT TA’TILIDAN CHAQIRIB OLISH MUMKINMI?

Xodimni ta’tildan chaqirib olishga faqat ma’lum shartlar va tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilgan holatlardagina yo‘l...

JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 24-08-25, 18:30
0 JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi: a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin...

YILLIK MEHNAT TA'TILLARINI BERISH TARTIBI

personmaftuna 29-06-24, 07:06
0 YILLIK MEHNAT TA'TILLARINI BERISH TARTIBI

O'zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlariga asosan barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida...

menu
menu