YILLIK MEHNAT TA'TILLARINI BERISH TARTIBI
O'zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlariga asosan barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Xodimlarga beriladigan asosiy eng kam mehnat ta'tilining davomiyligi 21 kalendar kunidan iboratdir. Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun eng ko'pi 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Ushbu ta'tillarga oid holatlar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining IV bobi, ya'ni 216-235-moddalar bilan tartibga solib qo'yilgan.
Har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
Yangi mehnat kodeksiga ko'ra, Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR
personmaftuna 05-03-24, 07:25Prezident tomonidan 16.01.2024-yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ma’muriy sudlarga...
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI
personmaftuna 12-12-24, 01:38O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga “amnistiya” e’lon qilishga oid qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi....
KO‘P QAVATLI UYLAR YAQINIDA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH
personmaftuna 10-12-24, 10:53To‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak. Vazirlar...