TUNGI VAQTDAGI ISHNING DAVOMIYLIGI
Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.
Agar xodim uchun belgilangan har kungi ish (smena) davomiyligining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi vaqtdagi ishning davomiyligi ish haftasining davomiyligi tegishli ravishda qisqartirilgan, keyinchalik ishlab berilmagan holda 1 soatga qisqartiriladi.
Agar jamoa shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlar uchun, shuningdek tungi vaqtda ishlashga maxsus qabul qilingan xodimlar uchun tungi vaqtdagi ishning (smenaning) davomiyligi qisqartirilmaydi.
Mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek 6 kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi vaqtdagi ishning davomiyligi kunduzgi vaqtdagi ishning davomiyligi bilan tenglashtiriladi. Mazkur ishlar ro‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanishi mumkin.
Xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish ushbu Kodeks 396-moddasining ikkinchi qismida, 417-moddaning birinchi qismida va 428-moddasida belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HARBIY ХIZMATNI OʻTASH BILAN BOGʻLIQ CHEKLOVLAR YANGILANDI
personmaftuna 15-02-25, 01:59Prezident tomonidan 23.01.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...
“AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA
personmaftuna 28-10-24, 16:17O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 27.09.2024-yildagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va...
BILIB OLING
personmaftuna 30-09-24, 02:41“O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari...