Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKORLAR UCHUN TABIIY GAZ VA ELEKTR ENERGIYASI TARIFLARIDA QANDAY OʻZGARISHLAR BOʻLDI?

TADBIRKORLAR UCHUN TABIIY GAZ VA ELEKTR ENERGIYASI TARIFLARIDA QANDAY OʻZGARISHLAR BOʻLDI?

2024-yil 1-iyuldan yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi.

Elektr energiyasi

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, byudjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari isteʼmol qiladigan elektr energiyasining davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan qismi uchun – elektr energiyasi narxi oshmagan yaʼni – 1000 soʻm holatida saqlanib qolingan.

Qolgan isteʼmolchilar uchun – avvalgi 900 soʻm saqlanib qolingan, mazkur narx 2025-yil 1-apreldan 1 000 soʻmga oshadi.

Tabiiy gaz

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek byudjet tashkilotlari uchun – avvalgi 1800 soʻm saqlanib qolingan, mazkur narx 2025-yil 1-apreldan 2 000 soʻmga oshadi.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari

(shu jumladan, balansida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari mavjud boʻlgan yuridik shaxslar) uchun – hozirda 1 500 soʻm,

2024-yil 1-iyundan 1 800 soʻmga, 2025-yil 1-apreldan 2 500 soʻmga oshadi.

Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari

uchun – hozirda 1 500 soʻm, 2025-yil 1-apreldan 1 800 soʻmga oshadi.

Qolgan barcha isteʼmolchilar uchun (aholidan va yuqoridagilardan tashqari) – amaldagi 1 500 soʻm saqlanib qolingan, mazkur narx

2025-yil 1-apreldan 1 800 soʻmga oshadi.

Oldindan haq toʻlash

2024-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda – 30 foiz oldindan toʻlov majburiy.

“Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasiga koʻra, oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning oʻzida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

БАРЧА ТОИФАДАГИ ТАДБИРКОРЛАРГА МЕҲМОНХОНА ҚУРИШ УЧУН

personmaftuna 26-09-25, 18:44
0 БАРЧА ТОИФАДАГИ ТАДБИРКОРЛАРГА МЕҲМОНХОНА ҚУРИШ УЧУН КРЕДИТЛАР АЖРАТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан V очиқ мулоқотида белгиланган вазифаларни амалга ошириш...

NOGIRON FARZANDI BOR OTA YOKI ONAGA SOLIQ IMTIYOZLARI

personmaftuna 17-08-24, 02:31
0 NOGIRON FARZANDI BOR OTA YOKI ONAGA SOLIQ IMTIYOZLARI

Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni...

FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASH TALABLARI BEKOR

personmaftuna 21-03-24, 18:58
0 FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASH TALABLARI BEKOR QILINMOQDA

Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va...

menu
menu