Kuzatuvchi » Siyosiy » TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR HUQUQ VA MANFAATLARI KONSTITUTSIYA HIMOYASIDA

TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR HUQUQ VA MANFAATLARI KONSTITUTSIYA HIMOYASIDA

             Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi.

Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va faoliyat yo‘nalishlarini mustaqil tanlashga haqli. Davlat iste’molchining huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

Monopol faoliyat qonun bilan cheklanadi.

Mulkdor o‘z mol-mulkidan sud qarorisiz hamda qonunga zid tarzda mahrum qilinishi mumkin emas. 

Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega. Davlat sog‘liqni saqlash tizimining nodavlat shakllarini rivojlantirish choralarini ko‘radi. Davlat nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

5.REIMBURSATSIYAASTURI ASOSIDA BERILGAN DORILARNING QIYMATI

personmaftuna 20-06-25, 13:18
0 5.REIMBURSATSIYAASTURI ASOSIDA BERILGAN DORILARNING QIYMATI BYUDJETDAN QOPLAB BERILADI

Hukumat Qarori (619-son, 02.10.2024-y.) bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari...

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIGA ISHDAN SO‘NG YA’NI 18-00 DAN

personmaftuna 30-09-24, 21:55
0 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIGA ISHDAN SO‘NG YA’NI 18-00 DAN KEYIN MUROJAAT QILISHIM MUMKINMI?

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat soat 9-00 dan 18-00 ga qadar real vaqt rejimida hujjatlarni to‘xtovsiz...

YOSHLARNI ХORIJIY TILLARGA OʻQITISH

personmaftuna 25-09-24, 01:07
0 YOSHLARNI ХORIJIY TILLARGA OʻQITISH

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentning 27.06.2024-yildagi “Yoshlarni хorijiy tillarga oʻqitish tizimi...

menu
menu