Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH BERUVCHI ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASINI TOʻLASHGA MAJBURMI?

ISH BERUVCHI ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASINI TOʻLASHGA MAJBURMI?

Mehnat kodeksning 173-moddasiga asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ish beruvchi unga ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashga majbur:

mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganda; (Bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bogʻliq asoslar boʻyicha bekor qilingani mustasno).

xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklangani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilgani, agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni boʻlmasa va u ishni davom ettirishga toʻsqinlik qilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

xodim tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holatiga koʻra oʻziga qarshi koʻrsatma boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish boʻlmagani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga koʻchishni rad etganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda.

Nafaqa miqdori qancha?

Ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq . Masalan:

uch yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan;

uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan;

besh yildan oʻn yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining yuz foizidan;

oʻn yildan oʻn besh yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;

oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining ikki yuz foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ШАХСНИНГ ИШТИРОКИСИЗ ЁКИ ХАБАРИСИЗ КРЕДИТ

personmaftuna 19-03-25, 06:42
0 ШАХСНИНГ ИШТИРОКИСИЗ ЁКИ ХАБАРИСИЗ КРЕДИТ РАСМИЙЛАШТИРИШНИНГ ОЛДИ ОЛИНАДИ

Қонун (ЎРҚ-1043-сон, 04.03.2025 й.) билан “Кредит ахбороти алмашинуви тўғрисида”ги қонунга ўзгартириш ва қўшимчалар...

OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TA’MINOT BERISH

personmaftuna 30-09-25, 10:43
0 OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TA’MINOT BERISH MAJBURIYATI (ALIMENT)

Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv...

XODIM TURLI LAVOZIMLARDA ISHLAGANIDA TA’TIL KUNLARINI

personmaftuna 28-06-24, 11:49
0 XODIM TURLI LAVOZIMLARDA ISHLAGANIDA TA’TIL KUNLARINI HISOBLASH TARTIBI

Agar ishga qabul qilish vaqtida хodimga mehnat ta’tilining qoʻshimcha kunlari yangi MKning 481-moddasi asosida taqdim...

menu
menu