MEHNAT HUQUQLARI KAFOLATI
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
Har kim eng kam oylik maoshidan past bo‘lmagan miqdorda adolatli haq olish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi uchun ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning oylik maoshini kamaytirish taqiqlanadi.
Yollanib ishlovchilarga har yilgi haq to‘lanadigan mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish choralarini ko‘radi.
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa xollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Bolalar mehnatining bolaning sog‘ligiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
BILIB OLING
personmaftuna 24-07-24, 03:56Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u: (Mehnat kodeksining...
DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY O‘TKAZILADI?
personmaftuna 21-02-25, 09:42O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi VMQ-628-sonli qarori bilan “Farmatsevtika...
NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI
personmaftuna 12-12-24, 01:42Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...