Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

2024-2025 yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigi;

2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining “bazaviy meʼyorlari”.

2024-yil 1-maygacha yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati qayta koʻrib chiqiladi.

Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi isteʼmolchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar.

Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

noyabr oyida 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi;

elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA

personmaftuna 11-12-24, 11:44
0 OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

Har doim ham do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotganimizda qadog‘idagi yozuvlarga e’tibor beravermaymiz....

DAVLAT TIBBIY SUG'URTASI DOIRASIDA BEPUL TIBBIY XIZMATLAR

personmaftuna 26-12-24, 14:54
0 DAVLAT TIBBIY SUG'URTASI DOIRASIDA BEPUL TIBBIY XIZMATLAR KO'RSATILADI VA DORILAR BERILADI

“Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-311-son,...

ASOSIY STAVKA PASAYTIRILDI

personmaftuna 12-08-24, 23:42
0 ASOSIY STAVKA PASAYTIRILDI

2024-yil 25-iyulda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirish va yillik 13,5% darajasida...

menu
menu