Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI VAZIFALARI ?

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI VAZIFALARI ?

Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3094]32 asosan. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish; tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish; tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish; tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish; tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish; tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish. Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

ИЖАРАДА ЯШАЙДИГАН ЁШ ОИЛАЛАРНИНГ ИЖАРА ТЎЛОВИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 16:54
0 ИЖАРАДА ЯШАЙДИГАН ЁШ ОИЛАЛАРНИНГ ИЖАРА ТЎЛОВИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 07.06.2022 йил кунги 312-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан, “ёшлар дафтари”га...

QISHLOQ ХOʻJALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH IMKONIYATLARI

personmaftuna 11-02-25, 02:19
0 QISHLOQ ХOʻJALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH IMKONIYATLARI KENGAYMOQDA

Prezidentning 30.12.2024-yildagi "Qishloq х oʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda...

2024-YILDAGI QO'SHIMCHA DAM OLISH KUNLARI HAQIDA BILASIZMI?

personmaftuna 12-02-24, 19:20
0 2024-YILDAGI QO'SHIMCHA DAM OLISH KUNLARI HAQIDA BILASIZMI?

"2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini...

menu
menu