Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLA TA’MINOTI UCHUN TO‘LOVNING BIR KUNLIK QIYMATI BIR OYLIK TO‘LOV MIQDORINI QANDAY BO‘LADI?

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLA TA’MINOTI UCHUN TO‘LOVNING BIR KUNLIK QIYMATI BIR OYLIK TO‘LOV MIQDORINI QANDAY BO‘LADI?

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qaroriMaktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.282123.08.2016-yiul Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola ta’minoti uchun to‘lovning bir kunlik qiymati bir oylik to‘lov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

BOLA O‘LIK TUG‘ILGANDA QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATI KANDAY?

personmaftuna 30-09-24, 22:56
0 BOLA O‘LIK TUG‘ILGANDA QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATI KANDAY?

Bolaning o‘lik tug‘ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat ichida shu muassasa joylashgan erdagi FHDYo...

MEHNAT NIZOLARINING TURLARI

personmaftuna 25-09-24, 01:12
0 MEHNAT NIZOLARINING TURLARI

Mehnat nizolari subyektning tarkibiga qarab yakka tartibdagi yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi...

TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK

personmaftuna 26-12-24, 15:44
0 TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024 - yildagi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki...

menu
menu