. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI VAKOLATLARI QANDAY ?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘radi;
davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular o‘tkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI
personmaftuna 10-12-24, 11:54Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar...
БОЛАЛАРНИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ БИЛАН ҚАМРАБ ОЛИШ ДАРАЖАСИ
personmaftuna 19-03-25, 06:04“2025-2026 йилларда болаларни мактабгача таълим билан қамраб олиш даражасини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...
AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?
personmaftuna 14-02-25, 23:53Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi "Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan...