VASIYLIK VA HOMIYLIKNING MAQSADI
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 173-moddasiga asosan. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY
personmaftuna 19-05-24, 21:34“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha...
ПЕНСИЯ ЁШИГА ТЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА АВТОМАТИК (“ПРОАКТИВ”)
personmaftuna 08-06-25, 15:36Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди....
АЙРИМ МАКТАБЛАРДА ФАНЛАРНИ ЧЕТ ТИЛИДА ЎҚИТИШ АМАЛИЁТИ ЖОРИЙ
personmaftuna 13-04-24, 01:53Фармонга кўра, ( https :// t . me / huquqiyaxborot /15704) 2024/2025 ўқув йилидан Агентлик тизимидаги ижод ва...