Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH SHARTNOMASI VA UNI TUZISH NIKOH SHARTNOMASINING MAZMUNI

NIKOH SHARTNOMASI VA UNI TUZISH NIKOH SHARTNOMASINING MAZMUNI

 

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. (29-modda. Nikoh shartnomasi)

 

 Nikoh shartnomasi tuzish:

 

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. (30-modda. Nikoh shartnomasi tuzish)

 

Nikoh shartnomasining mazmuni:

 

Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning 23-moddasi) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.

Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olishga, shuningdek nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.

Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonunchilikning normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi. (31-modda. Nikoh shartnomasining mazmuni)

D.OTABOYEV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

"ТЕМИР ДАФТАР"ГА КИРИТИЛГАН ОИЛАЛАРГА БИР МАРТАЛИК МОДДИЙ

personmaftuna 23-03-24, 22:32
0 "ТЕМИР ДАФТАР"ГА КИРИТИЛГАН ОИЛАЛАРГА БИР МАРТАЛИК МОДДИЙ ЁРДАМ БИР КУНДА БЕРИЛИШИ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 17.10.2023 йилдаги 547-сон қарори билан Ҳукуматнинг айрим ҳужжатларига ижтимоий аҳволи ва турмуш...

NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI ISHGA QABUL QILGAN

personmaftuna 20-06-25, 14:00
0 NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI ISHGA QABUL QILGAN TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATILADI

“Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini ta'minlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora tadbirlar...

ЮҚОРИ ҚЎШИЛГАН ҚИЙМАТГА ЭГА МАҲСУЛОТЛАРНИ ЭКСПОРТ ҚИЛИШ

personmaftuna 26-09-25, 18:07
0 ЮҚОРИ ҚЎШИЛГАН ҚИЙМАТГА ЭГА МАҲСУЛОТЛАРНИ ЭКСПОРТ ҚИЛИШ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНАДИ

“Этилен ва пропилен полимерларидан юқори қўшилган қийматга эга маҳсулотлар ишлаб чиқарувчи маҳаллий корхоналарни...

menu
menu