Kuzatuvchi » Siyosiy » QARINDOSHLIK QANAQA ?

QARINDOSHLIK QANAQA ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasiga asosan. Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.

Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.

Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo.

To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.

Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.

Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.

Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa — to‘rtinchi darajasida turadilar.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN

personmaftuna 19-05-24, 19:33
0 MAKTABGACHA TAʼLIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISHINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Xalqimiz yoshlikda olingan bilimni toshga uyilgan naqshga qiyoslaydi. Zero, taʼlimning boshlang‘ich asosi bo‘lgan...

SUDGA MUROJAAT QILISH SHAKLI

personmaftuna 14-06-24, 02:07
0 SUDGA MUROJAAT QILISH SHAKLI

Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin: Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq...

АВТОМОБИЛЛАРНИ ТЕХНИК КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ МУДДАТЛАРИ

personmaftuna 08-02-24, 12:35
0 АВТОМОБИЛЛАРНИ ТЕХНИК КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ МУДДАТЛАРИ

Президентнинг 28.06.2022 йил кунги ПҚ-298-сон қарорига кўра; Жисмоний шахсларга тегишли ишлаб чиқарилганига 10 йилгача...

menu
menu