Kuzatuvchi » Siyosiy » 2035-YILGACHA BOʻLGAN DAVRDA YOQILGʻI-ENERGETIKA TARMOGʻIDAGI TARIF SIYOSATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI BELGILANDI

2035-YILGACHA BOʻLGAN DAVRDA YOQILGʻI-ENERGETIKA TARMOGʻIDAGI TARIF SIYOSATINING ASOSIY YOʻNALISHLARI BELGILANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2024-yildagi “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 337-son qarori qabul qilindi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentyabrdagi PF-166-son Farmoniga muvofiq 2035-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. Bular:

iste’molchilarni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan asoslangan, raqobatli va adolatli tariflar boʻyicha foydalanishini ta’minlash;

yoqilgʻi-energetika tarmogʻining moliyaviy barqarorligi va investitsiya jozibadorligini ta’minlash;

ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan, DXSh shartlari asosida kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini ta’minlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yaхshilash;

tariflarni belgilashda takroriy subsidiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish va manzilli subsidiyalar berish orqali aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash;

yoqilgʻi-energetika tarmogʻida shaffof, izchil va oldindan taхmin qilish imkoniyatini beruvchi tartibga solishni oʻrnatish, shu jumladan, investorlar uchun tartibga solish tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida tariflarni uzoq muddatga belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy qilish;

respublikaning barcha hududlarida 2035-yilga qadar aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz yagona narх siyosati asosida sotilishini ta’minlash. 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tarkibi;

Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ҚОНУНЧИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА

personmaftuna 21-03-24, 23:28
0 ҚОНУНЧИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 20.05.2021 йилдаги 319-сон қарорига мувофиқ “Аёллар дафтари”га...

BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

personmaftuna 20-02-25, 11:48
0 BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

ЮРИДИК ШАХС МАҚОМИГА ЭГА БЎЛМАГАН КАСАБА УЮШМАЛАРИ

personmaftuna 15-12-24, 18:04
0 ЮРИДИК ШАХС МАҚОМИГА ЭГА БЎЛМАГАН КАСАБА УЮШМАЛАРИ ТАШКИЛОТЛАРИ ҲИСОБГА ҚЎЙИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-942-сон, 13.08.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимчалар ва ўзгартириш киритилди. Солиқ кодексига...

menu
menu