Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN

TA’TILNI NECHA QISMGA BOʻLISH MUMKIN

Har yilgi mehnat ta’tilini qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi, ammo faqat хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra.  Agar хodim oʻz ta’tilini qismlarga boʻlmoqchi boʻlsa, u tegishli yozma ariza bilan ish beruvchiga murojaat qilishi kerak. Ish beruvchi, oʻz navbatida, хodimning iltimosini qondirishi yoki rad etishi mumkin.

Bundan tashqari, agar ish beruvchi хodimning ta’tilini qismlarga boʻlishga rozi boʻlgan taqdirda ham, u хodim soʻragan har qanday boʻlish shartlariga rozi boʻlishga majbur emas.

Hisobga oling: ta’tilning soʻralayotgan qismlaridan biri oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, ta’tilning qolgan kunlarini esa хodimning хohishiga koʻra boʻlish mumkin.

Ya’ni, keltirilgan misolda ta’tilni хodim soʻragan tarzda qismlarga boʻlinmaydi. Ammo, 14 kun + 10 kun qilib taqsimlash mumkin. Ya’ni, – avval 2 hafta davom etadigan ta’tilning boʻlinmaydigan qismini, soʻngra qolgan 10 kunni berish. Yoki aksincha, – avval 10 kun, keyin 2 hafta. 

Shu bilan birga, хodimning toʻliq dam olishi nuqtai nazaridan ta’tilni juda qisqa qismlarga boʻlish tavsiya etilmaydi.

Ta’tilni qismlarga boʻlish dastlab ta’tillar jadvalida nazarda tutilishi mumkin. Yoki – хodim va ish beruvchi ta’til berishdan oldin bu haqda kelishib olishlari mumkin.

Agar ta’tilni qismlarga boʻlish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan, ta’tillar jadvali allaqachon tasdiqlangan boʻlsa, ish beruvchi:

хodimga oʻzi e’lon qilgan ta’tilning bir qismini berish uchun alohida buyruq (farmoyish) chiqaradi;

ta’tillar jadvaliga oʻzgarish kiritadi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO'L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN

personmaftuna 27-12-24, 17:23
0 AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO'L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR BERILADI

Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024-y.) bilan O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz...

ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ

personmaftuna 19-03-24, 01:19
0 ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ

Ногиронлиги бўлган шахслар қонунчиликда назарда тутилган тартибда тажовузлардан ҳимоя қилиниш, ўз шахсий ҳаёти, оиласи,...

ADLIYA ORGANLARINING MAS’ULIYATI YANADA OSHDI

personmaftuna 03-06-24, 19:16
0 ADLIYA ORGANLARINING MAS’ULIYATI YANADA OSHDI

So‘nggi yillarda adliya organlari sohasida ko‘plab yangiliklar, fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini...

menu
menu