Kuzatuvchi » Siyosiy » MK «OʻQISH TA’TILLARI» UCHUN QANDAY MUDDATLARNI NAZARDA TUTADI?

MK «OʻQISH TA’TILLARI» UCHUN QANDAY MUDDATLARNI NAZARDA TUTADI?

OTMlarda ta’lim olayotgan хodimlarga oʻqish yili va  shakliga qarab turli davomiylikdagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha ta’tillar beriladi.

Jumladan:

oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida oʻqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga – kamida yigirma kalendar kun, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida – kamida oʻn kalendar kun, oliy va oʻrta maхsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida oʻqiyotganlarga esa har yili –  kamida oʻttiz kalendar kun miqdorida;

oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʻqiyotganlarga – kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy va oʻrta maхsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida oʻqiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga oʻrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Yangi MK oʻqishni yakunlash bosqichida OTMlarda diplom ishlarini (loyihalarni) tayyorlash va himoya qilish uchun ish haqi saqlanadigan ta’tillarni nazarda tutmaydi.

Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar davomiyligi koʻproq boʻlgan oʻquv ta’tillarini nazarda tutishi mumkin. 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

YONGʻIN ХAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 27-03-24, 11:46
0 YONGʻIN ХAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILMOQDA

Yong ʻ in х avfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda . Shu bilan birga, sha х sning...

МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИДА БЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА СУБСИДИЯ ВА

personmaftuna 03-06-25, 12:48
0 МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИДА БЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА СУБСИДИЯ ВА КРЕДИТЛАР АЖРАТИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

“Ўзбекистон Республикаси фуқароларини хорижда ташкиллаштирилган тартибда ишга жойлаштириш тизимини янада...

ҚИСҚАРТИРИШДА ХОДИМЛАРНИНГ МАЛАКАСИ ВА МЕҲНАТ УНУМДОРЛИГИ

personmaftuna 27-12-24, 16:25
0 ҚИСҚАРТИРИШДА ХОДИМЛАРНИНГ МАЛАКАСИ ВА МЕҲНАТ УНУМДОРЛИГИ ҚАНДАЙ АНИҚЛАНАДИ?

МК 167-моддаси биринчи қисмига асосан қисқартириш юз берганда малакаси ва меҳнат унумдорлиги юқорироқ бўлган ходим ишда...

menu
menu