Kuzatuvchi » Siyosiy » SO’RAGAN EDINGIZ

SO’RAGAN EDINGIZ

Qanady ishonchnomalar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar hisoblanadi? 

Gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; 

harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; 

ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno. 

 

 

Hazorasp tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

 

 

Boshqa maqolalar

PENIYA NIMA?

personmaftuna 30-09-24, 22:15
0 PENIYA NIMA?

Penya bu neustoyka, yaʼni iqtisodiy jazoning bir turi xisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 261–moddasiga ko‘ra, neustoyka...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OIV

personmaftuna 17-03-24, 18:21
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari...

PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN

personmaftuna 16-12-24, 11:14
0 PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi...

menu
menu