Kuzatuvchi » Siyosiy » KASANACHILIK TUZILADIGAN MEHNAT SHARTNOMASI

KASANACHILIK TUZILADIGAN MEHNAT SHARTNOMASI

Kasanachilik tuziladigan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs   tomonidan o‘z yashash joyi bo‘yicha yoki kasanachiga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan yoki kasanachi tomonidan ijaraga olingan boshqa xonalarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshiriladigan ishdir.

Kasanachilarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi Mehnat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Kasanachilik to‘g‘risidagi nizomda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda tatbiq etiladi.

16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxs kasanachi bo‘lishi mumkin.

Agar kasanachilikning xususiyati kasanachi bilan yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzish zaruratini taqozo etsa, 18 yoshga to‘lgan shaxslarning kasanachilikni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yiladi.

Kasanachi tomonidan ishlarni bajarish ish beruvchining roziligi olinmagan holda kasanachining oila a’zolari ishtirokida (yordamida) amalga oshirilishi mumkin. Bunda kasanachining oila a’zolari va ish beruvchi o‘rtasida yakka tartibdagi mehnat munosabatlari yuzaga kelmaydi.

Kasanachi o‘ziga yordam beradigan oila a’zolari tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) sifati uchun ish beruvchi oldida javobgardir.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YANGI FARMON

personmaftuna 05-03-24, 23:24
0 YANGI FARMON

✅ AYRIM NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI 📃 Prezidentning 31.01.2024-yil kungi PF-24-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga...

MA’MURIY ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA BERILADIGAN DA’VO

personmaftuna 22-03-25, 06:17
0 MA’MURIY ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA BERILADIGAN DA’VO ARIZALARIDAN QANCHA MIQDORDA DAVLAT BOJI UNDIRILISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha fuqarolardan BHMning 5...

ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 23-05-24, 19:39
0 ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...

menu
menu