Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH BERUVCHI BIR TOMONLAMA TARTIBDA TA’TILNI QISMLARGA BOʻLISHGA HAQLIMI?

ISH BERUVCHI BIR TOMONLAMA TARTIBDA TA’TILNI QISMLARGA BOʻLISHGA HAQLIMI?

 

Xodim bir vaqtning oʻzida har yilgi umumiy davomiylikdagi ta’til olishga yoki ish beruvchi bilan kelishuvga koʻra (!) yilda bir necha bor dam olishga – ta’tilni qismlarga boʻlishga haqli. Ish beruvchi хodimni mehnat ta’tilini boʻlishga majburlashga haqli emas.

Bunda hech qanday qoʻshimcha hujjatlarni rasmiylashtirishning keragi yoʻq. Ta’tildan qismlarga boʻlib foydalanish masalasi kalendar yil uchun ta’tillar jadvalini tuzishda ham, хodimga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’til berishda ham hal qilinishi mumkin. Agar ta’tilni qismlarga boʻlish haqidagi qaror ikkala tomondan ta’tillar jadvali allaqachon tasdiqlangan vaqtda qabul qilinsa, ish beruvchi quyidagi hatti-harakatlarni amalga oshiradi: 

 хodimga u e’lon qilgan ta’tilning bir qismini berish toʻgʻrisida alohida buyruq (farmoyish) chiqaradi;

ta’tillar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritadi.

Qonun ta’tilni nechta qismlarga boʻlish mumkinligini belgilamaydi. Biroq, uning qismlaridan biri oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi lozim . Qolgan qismi esa хodim va ish beruvchining хohishiga koʻra, kamroq davomiylikdagi  qismlarda taqdim etilishi mumkin. 

Ta’tilni qismlarga boʻlishda, uni haddan tashqari boʻlib yuborishni  tavsiya qilmaymiz, chunki хodim qisqa muddatli ta’til davomida toʻlaqonli dam ololmaydi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI

personmaftuna 29-06-24, 09:23
0 YOSHLARNING XALQARO IT-SERTIFIKATLARNI OLISH XARAJATLARINI QOPLAB BERISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI KO‘RSATILISHI BELGILANGAN

Hukumat 17.02.2024-yil kungi 95-son qarori bilan “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab...

YOSHLAR DAFTARI

personmaftuna 28-06-24, 12:13
0 YOSHLAR DAFTARI

«Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan toifadagi yoshlar kiritilishi belgilangan. «Yoshlar...

BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI: 5 SAVOLGA JAVOB

personmaftuna 16-12-24, 11:13
0 BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI: 5 SAVOLGA JAVOB

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning...

menu
menu