Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN UNDIRILADI?

NIKOHNI BEKOR QILISH UCHUN SUDDA DAVLAT BOJI KIMDAN UNDIRILADI?

Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish haqida sudga ariza yozgan bo‘lsa, o‘zaro kelishgan holda tomonlarning biridan undiriladi. Oila Kodeksiga muvofiq, sud nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish to‘g‘risidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi berilayotganda er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri to‘laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri to‘laydigan boj miqdorini belgilashi belgilangan.

Davlat boji summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, takroriy nikohni bekor qilish uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida undiriladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI

personmaftuna 26-12-24, 15:36
0 CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH

personmaftuna 11-12-24, 15:23
0 I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib...

AYRIM TRANSPORT TURLARIGA DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISH

personmaftuna 10-02-25, 01:37
0 AYRIM TRANSPORT TURLARIGA DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISH UCHUN TOʻLOV KAMAYTIRILDI

Ichki ishlar vazirining “Roʻy х atdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda,...

menu
menu