Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHKUM AFV ETILGANIDAN SO’NG SUDLANGANLIK HOLATI OLIB TASHLANADIMI?

MAHKUM AFV ETILGANIDAN SO’NG SUDLANGANLIK HOLATI OLIB TASHLANADIMI?

Sudlanganlik holatini tugallanishi ma’lum vaqt o’tishi bilan yuz beradi va bu muddat tugamasdan turib ham sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlikni olib tashlash muddatlari:

Shartli hukm qilingan bo’lsa sinov muddati tugaganda; 

Majburiy jamoat ishlari va xizmat bo’yicha cheklash shuningdek, intizomiy qismga jo’natish tarzidagi jazolarni o’tab bo’lgach; Jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin 1 yil o’tgach; 

Ozodlikni cheklash jazosi o’talganidan so’ng 2 yil o’tgach;
         5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish  jazosi o’tab bo’lgach 4 yil o’tgach; 

5 yildan ortiq lekin 10 yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o’tab bo’lgach 7 yildan so’ng; 

10 yildan ortiq lekin 15 yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o’tab bo’lgach 10 yildan so’ng. 

Jazoni o’tab chiqqan shaxs o’zi bergan iltimosnomaga binoan yuqoridagi muddatlarning kamida yarimi o’tgandan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin. 

Sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi. 

Asos: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 78 va 79 moddasi,
 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 541-moddasi.

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MAʼMURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR

personmaftuna 22-01-24, 19:12
0 MAʼMURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR QILINDI

Prezident tomonidan 16.01.2024-yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga...

МЕҲНАТ МИГРАНТЛАРИГА ХАРАЖАТЛАР КОМПЕНСАЦИЯ ҚИЛИНАДИ

personmaftuna 28-05-24, 02:30
0 МЕҲНАТ МИГРАНТЛАРИГА ХАРАЖАТЛАР КОМПЕНСАЦИЯ ҚИЛИНАДИ

Президентнинг 04.04.2024 йилдаги “Меҳнат миграцияси жараёнларини такомиллаштириш ҳамда хорижда вақтинча меҳнат...

УСТА ДЕҲҚОНЛАРГА СУБСИДИЯ АЖРАТИЛАДИ

personmaftuna 05-06-25, 14:02
0 УСТА ДЕҲҚОНЛАРГА  СУБСИДИЯ АЖРАТИЛАДИ

Ҳукумат қарори (317-сон, 13.05.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги...

menu
menu