QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-184-son, 22.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Fransiya Respublikasi Hukumatlari o'rtasida 2016-yil 8-dekabrda Gamburg shahrida imzolangan O'zbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligini va PROPARKOni ta'sis etish va faoliyatini tashkil qilish to'g'risidagi bitimga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlandi.
Mazkur bayonnoma 2023-yil 2-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA
personmaftuna 17-05-24, 01:52Xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan...
ISHONCHNOMANING BEKOR BO‘LISH ASOSLARI VA BU HAQIDA
personmaftuna 28-03-24, 02:09O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 141-moddasiga asosan, ishonchnomaning amal qilishi quyidagi...
KIMLAR NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISHGA HAQQI BOR?
personmaftuna 29-06-24, 06:50Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, Notarial tasdiqlangan hujjatlarga...