YOSH YURISTGA MASLAHAT: ishni nimadan boshlagan maʼqul?
Tashkilotda yuriskonsult vazifasida endigina ish boshlagan yurist ishni nimadan boshlashni albatta bilishi kerak. Dastlab, oʻz ishingizni tashkilotning belgilangan tartibda davlat roʻyhatidan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlari bilan, yaʼni ustav, nizom (shuningdek, taʼsis shartnomalari taʼsis bayonnomalari yoki buyruqlari) bilan tanishishdan boshlaganingiz maʼqul. Fuqarolik kodeksining 43-moddasiga koʻra yuridik shaxs USTAV asosida yoki taʼsis shartnomasi yoki ustav asosida yoxud faqat taʼsis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo'lmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi Nizom asosida ish olib borishi mumkin. Avvlo tashkilotning ustav (nizom)ini batafsil oʻrganib chiqing. Bu orqali tashkilot ustav (nizom)ida koʻrsatilgan tashkilotning huquqiy maqomi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, tashkilotni huquqlari va majburiyatlari, boshqaruv organlari va tashkilotni boshqarish tartibi kabi muhim maʼlumotlar bilan tanishib olasiz. Sababi, oʻzingiz bilasiz, fuqaroga pasport qanchalik muhim boʻlganidek, ustav (nizom) yuridik shaxsning tashqiliy-huquqiy maqomini belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Tashkilot ustav (nizom)ining nusxasi yuristning ish stolida turishi shart boʻlgan muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. Tashkilot muayyan bir faoliyatni amalga oshirar ekan, agar ushbu faoliyat uning ustav (nizom) maqsadlariga zid boʻlsa, bunday faoliyat albatta qonunga zid hisoblanadi. Ustav (nizom) bilan oʻz vaqtida batafsil tanishgan yurist tashkilotning har bir faoliyatini ushbu ustav (nizom)ga muvofiq yoki muvofiq emasligiga baho bera oladi. Umuman, tashkilot ustav (nizom)ining yurist uchun naqadar muhim ekanligiga koʻplab misollar keltirish mumkin.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
VAZIR JAMGʻARMASI HISOBIDAN BERILADIGAN BIR MARTALIK PUL
personmaftuna 15-05-24, 01:46Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va...
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HAYVONLARNI O’LJA QILISH
personmaftuna 19-03-24, 01:59Qizil kitobga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo'q bo'lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo'q qilib...
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING OCHIQ HAY’AT
personmaftuna 28-06-24, 16:55O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...