VAZIRLIK, QOʻMITA, AGENTLIK VA INSPEKSIYALARNING TAʼRIFI
Bugungi kunda Hukumat tarkibidagi davlat organlari asosan, vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiya shaklida tashkil etilmoqda. Qoida boʻyicha endi avvalgidek vazirlik darajasidagi davlat qoʻmitalari yoki agentliklar degan tushunchalar boʻlmaydi endi. Hoʻsh, vazirlik, qoʻmita hamda agentlik va inspeksiyalarning aniq tushunchasi bormi?
Prezidentning maʼmuriy islohotlarga oid PF-269-sonli farmonida ushbu tashkilotlarning aniq taʼrifi alohida keltirildi. Demak:
- Vazirlik — tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, muayyan yoʻnalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Qoʻmita — tegishli soha ichidagi tarmoq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Agentlik — asosiy vazifasi sifatida tegishli sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqni qoʻllash funksiyalarini amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Inspeksiya — asosiy vazifasi sifatida tegishli soha va tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Farmonda qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida maqomga ega hamda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИНИНГ ИНСОН РЕСУРСЛАРИНИ БОШҚАРИШ БЎЙИЧА
personmaftuna 03-06-25, 11:28“Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг инсон ресурсларини бошқариш бўйича фаолиятини самарали...
ЙИЛ ЎҚИТУВЧИСИ” ҲАМДА “КАСБИЙ МАҲОРАТ ЕТАКЧИСИ” ТАНЛОВЛАРИ
personmaftuna 03-06-25, 13:14“Умумий ўрта таълим соҳаси ходимлари ўртасида “Йил ўқитувчиси” ҳамда “Касбий маҳорат етакчиси” танловларини ташкил этиш...
ISH BERUVCHI QANDAY HOLLARDA HODIMGA YETKAZILGAN ZARARNI
personmaftuna 30-09-24, 22:04А maldagi Mehnat kodeksining 319-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini...