Kuzatuvchi » Siyosiy » “ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

2024-yil 1-iyundan:

“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

  • xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda;
  • xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda;
  • yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to'lanadi.

Sug'urta tashkilotlariga – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oila sifatida e'tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog'lig'i va hayoti, har bir sug'urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta 50 ming so'mgacha miqdorda subsidiya to'lanadi;

Xorijda mehnat qilish davrida zo'ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo'lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag'siz qolgan O'zbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq to'lanadi.

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

HAYVONLARNI IDENTIFIKATSIYA QILISH TARTIBGA SOLINDI

personmaftuna 17-09-25, 17:23
0 HAYVONLARNI IDENTIFIKATSIYA QILISH TARTIBGA SOLINDI

Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1079-son, 06.08.2025-y.)...

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING QANDAY TURLARI MAVJUD?

personmaftuna 28-06-24, 16:57
0 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING QANDAY  TURLARI MAVJUD?

O‘zbekiston Respublikasining “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida ”gi qonunining 17-moddasiga asosan....

ПЕДАГОГ КАДРЛАРНИ КАСБИЙ СЕРТИФИКАТЛАШ БЎЙИЧА ДАВЛАТ

personmaftuna 12-03-24, 02:24
0 ПЕДАГОГ КАДРЛАРНИ КАСБИЙ СЕРТИФИКАТЛАШ БЎЙИЧА ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ КЎРСАТИЛАДИ

Ҳукумат қарори (87-сон, 12.02.2024 й) билан “Давлат умумий ўрта таълим ташкилотлари педагог кадрларини касбий...

menu
menu