Kuzatuvchi » Siyosiy » INTIZOMIY JAZO BUYRUG‘I 3 KUN ICHIDA TANISHTIRILMASA, BU BUYRUQ BEKOR BO‘LADIMI?

INTIZOMIY JAZO BUYRUG‘I 3 KUN ICHIDA TANISHTIRILMASA, BU BUYRUQ BEKOR BO‘LADIMI?

Mehnat kodeksining 313-moddasi 5-qismida mana bunday qoida mavjud:

ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida, xodim ishda bo‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.

Demak, ish beruvchi xodimga intizomiy jazo qo‘llash haqida buyruq chiqardimi, bu buyruqni 3 ish kuni ichida xodimga e’lon qilib, uning imzosini qo‘ydirib tanishtirishi shart.

 

MK 313-moddasining 6-qismida mana bunaqa qoida bor:

o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi bo‘lmagan deb hisoblanadi.

Ayrimlar, mana shu ikki qoidani noto‘g‘ri tushunib, “agar intizomiy jazo buyrug‘i 3 ish kuni ichida xodimga tanishtirilmasa, bu buyruq noqonuniy deb topilib, bekor qilinishi kerak” deb o‘ylayapti. Aslida unday emas. 

MK 313-moddasi 5-qismidagi qoida ish beruvchiga buyruqni xodimga
 3 ish kuni ichida tanishtirish majburiyatini yuklaydi, ya’ni bu qoida buyruqni tanishtirish muddatiga doir talablarni belgilaydi. 

MK 313-moddasining 6-qismida esa intizomiy jazo buyrug‘i bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazo olmagan deb hisoblanishi ta’kidlangan va bu qoidada e’tibor bering, “3 ish kuni ichida” jumlasi mavjud emas. Undagi mazmun shuki, qachonki intizomiy jazo buyrug‘i xodimga tanishtirilsa, o‘shandagina unga intizomiy jazo qo‘llangan hosoblanishi mumkin bo‘ladi. Tanishtirmadizmi, demak intizomiy jazo bo‘lmagan hisoblanadi va o‘z-o‘zidan jazoni ham ijro qilolmaysiz. 

 

Qo‘shimcha izoh: masalan xodimga "hayfsan" yoki "30 % jarima" qo‘llandi, endi uning oqibatida kelib chiqadigan rag‘batlantirish qo‘llamaslik, jarimani undirish kabi masalalarni ijroga qaratib bo‘lmasligini anglatadi, xolos.

Asosiy fikr, 6-qismda “3 ish kuni ichida” jumlalari bo‘lmaganligi sababli,
 “3 ish kuni ichida tanishtirilmasa, buyruq bekor bo‘ladi” degan fikrlar noo‘rindir.

Aytib o‘tganimizdek, “3 ish kuni ichida” degan muddat 313-moddaning
 5-qismidagi qoidalarga tegishli. Albatta, bu muddatga rioya qilmaslik ish beruvchi uchun muayyan huquqiy oqibat tug‘diradi. Qanday deysizmi?

Buyruqni o‘z vaqtida tanishtirmaganlik MJtKning 49-moddasida ko‘rsatilgan mehnat sohasidagi qonunchilik hujjati buzilishi hisoblanadi. Shu sababli, tanishtirish majburiyatini bajarmagan rahbarga MJtKning 49-moddasiga muvofiq ma’muriy jarima qo‘llanilishi mumkin. 

Biroq, yana qaytaramiz, 3 kun ichida tanishtirmaganlik intizomiy jazo qo‘llash haqidagi buyruqni noqonuniy deb topilishiga va bu buyruqni bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

 

 

Boshqa maqolalar

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLARGA JALB QILISH TARTIBI

personmaftuna 29-09-24, 15:43
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLARGA JALB QILISH TARTIBI

Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi ....

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN

personmaftuna 28-06-24, 08:24
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi...

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH

personmaftuna 15-05-24, 19:42
0 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH

O‘zbekiston Respublikasining 16.03.2020-yildagi Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi O‘RQ-611-son Qonunida Aholini...

menu
menu