Kuzatuvchi » Siyosiy » JADIDLAR MEROSI DAVLAT MUZEYINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

JADIDLAR MEROSI DAVLAT MUZEYINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

“Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-201-son, 30.05.2024 y.) qabul qilindi. 

🔰Qarorga ko'ra, Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi (Muzey) tashkil etiladi. 

       Jadidlik harakatiga oid mamlakatimiz va xorijdagi turli manbalar va tarixiy hujjatlarni aniqlash, to'plash, saqlash, o'rganish, tiklash, nusxalash, e'lon qilish, ular asosida Muzey fondini boyitib borish va ekspozitsiyalarni yaratish, shuningdek, madaniy-ma'rifiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish Muzey faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

        “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlar Muzey uchun xarid qilinadi. 

     Muzeyni tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxatlar bo'yicha import qilinadigan muzey ashyolari va kolleksiyalari, kitob va qo'lyozmalar, shuningdek, O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, jihozlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar, mebel va inventarlar 2025-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.


J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

TOʻQIMACHILIK TARMOGʻI KORХONALARI QANDAY IMTIYOZ VA

personmaftuna 03-06-24, 02:21
0 TOʻQIMACHILIK TARMOGʻI KORХONALARI QANDAY IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARGA EGA BOʻLISHDI?

Soliq va bojхona preferensiyalari, imtiyozli kreditlar, binoni boʻlib-boʻlib toʻlash asosida sotib olish – ushbu...

KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KO’RSATISH TIZIMI

personmaftuna 31-01-24, 02:25
0 KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KO’RSATISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Prezidentning 27.12.2023-yildagi 410-son “Oʼzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslarga...

MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB

personmaftuna 30-09-24, 12:16
0 MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB QILINISHI

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan...

menu
menu