Kuzatuvchi » Siyosiy » “112” YAGONA DISPETCHERLIK XIZMATI TASHKIL ETILADI

“112” YAGONA DISPETCHERLIK XIZMATI TASHKIL ETILADI

“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko'ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro'y berganda shoshilinch yordam ko'rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

☎️ “112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma'lumotlarni uzatishning yagona tarmog'iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo'yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko'rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

“AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA

personmaftuna 21-02-25, 10:03
0 “AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITILDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti 27.09.2024-yildagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va...

BOLALAR OMBUDSMANINING VAZIFALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

personmaftuna 24-03-25, 03:01
0 BOLALAR OMBUDSMANINING VAZIFALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari sifatida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga...

XALQARO SHARTNOMALAR RATIFIKATSIYA QILINISHI

personmaftuna 26-09-24, 02:09
0 XALQARO SHARTNOMALAR RATIFIKATSIYA QILINISHI

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari...

menu
menu