Kuzatuvchi » Siyosiy » “YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MILLIY SHAFFOFLIK QANDAY TA’MINLANADI?

“YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MILLIY SHAFFOFLIK QANDAY TA’MINLANADI?

Prezidentning 05.06.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-son qarori qabul qilindi.Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimining 13-moddasida issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda mamlakatlar tomonidan iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish choralari ko‘rilishi hisobidan erishilgan natijalarni doimiy ravishda baholab borish maqsadida takomillashtirilgan shaffoflik tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan. Bunda shaffoflik tizimi orqali issiqxona gazlari ajratmalari monitoringi natijalari va hisobotlarni, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish jarayonlariga oid ma’lumotlarni jamoatchilik e’tiboriga etkazib borish talab etiladi. Prezidentning 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorida milliy miqyosda issiqxona gazlari ajratmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi bo‘yicha shaffoflik tizimini (MRV tizimi) yaratish va rivojlantirish nazarda tutilgan.Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish kontseptsiyasini tasdiqlaydi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy shaffoflik tizimining milliy organi hisoblanadi va u quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

-tarmoq muvofiqlashtiruvchilari ishini samarali yo‘lga qo‘yish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

-2025-yildan boshlab har 5 yilda Parij bitimi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirni baholash asosida iqlim o’zgarishi oqibatlarini kamaytirish bo’yicha milliy majburiyatni belgilash;

-MRV tizimi talablariga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi va sifatini nazorat qilish;

-iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari ajratmalari qisqartirilishini muvofiqlashtirish va tartibga solish;

MRV tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;

-issiqxona gazlari ajratmalari qisqartirilishining milliy reestrini joriy etish, qisqartirilgan issiqxona gazlarining milliy va xalqaro darajadagi savdosini muvofiqlashtirish, bunda birinchi navbatda milliy manfaatlarni inobatga olgan holda, xalqaro majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

          2024-yil 1-dekabrga qadar Milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISH BERUVCHI VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK BOʻYICHA

personmaftuna 21-02-24, 03:14
0 ISH BERUVCHI VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK BOʻYICHA NAFAQA MIQDORINI QANDAY TOʻGʻRI HISOBLASHI KERAK

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini «Davlat ijtimoiy sugʻurtasi...

IJARADA TURGAN SHAXSNI UY-JOYDAN ZUDLIK BILAN CHIQARIB

personmaftuna 30-09-24, 23:06
0 IJARADA TURGAN SHAXSNI UY-JOYDAN ZUDLIK BILAN CHIQARIB YUBORISH MUMKIN-MI?

Fuqarolik kodeksining 611-moddasiga ko‘ra, uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori taraflarning o‘zaro kelishuviga...

KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 05-03-24, 23:30
0 KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

📃 Prezident tomonidan imzolangan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning...

menu
menu