Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB QILINISHI

MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB QILINISHI

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo‘lgan summalarning miqdorlari to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi unga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda to‘lashi shart. Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 173-moddasi ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilinganda, hisob-kitob qilish chog‘ida ish beruvchi xodimga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovlardan tashqari ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashi shart. Xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirishning ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan muddati mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirilgan taqdirda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ish beruvchi xodimga tegishli kompensatsiyani to‘lashi shart.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KIM TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTI SIFATIDA E’TIROF ETILADI

personmaftuna 24-06-24, 10:03
0 KIM TABIIY MONOPOLIYA SUBYEKTI SIFATIDA E’TIROF ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024-yildagi 256-son qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi...

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERUVCHILARNI HIMOYA QILISH

personmaftuna 13-12-24, 09:36
0 KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERUVCHILARNI HIMOYA QILISH MEXANIZMI YARATILADI

Koreyaning “Clean Portal” platformasi tajribasi asosida “O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida xabar berishning...

БЮДЖЕТ МАБЛАҒЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСТИДАН МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТ

personmaftuna 18-09-24, 21:18
0 БЮДЖЕТ МАБЛАҒЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСТИДАН МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТ КУЧАЙТИРИЛАДИ

Президентнинг 10.07.2024 йилдаги "Бюджет маблағларидан фойдаланиш устидан молиявий назоратни кучайтириш бўйича қўшимча...

menu
menu