. YAKUNIY IMTIHONDAN O‘TOLMAGAN O‘QUVCHINI SINFDA QOLDIRIB YUBORILISHI MUMKIN
Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.
Xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida»gi nizomnga ko‘ra, bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.
Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldirilishi mumkin.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI
personmaftuna 20-02-25, 11:45O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...
MUHTOJ SHAХSLARNI PROTEZ MOSLAMALARI VA REABILITATSIYA
personmaftuna 24-06-24, 09:30O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024-yildagi «Muhtoj shaхslarni protez-ortopediya moslamalari va...
IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI
personmaftuna 27-01-24, 17:4118 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam...