AHOLI IPOTEKA KREDITLARI ORQALI UY-JOY BILAN TA'MINLANADI
“2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:
-hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi;
-qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi;
-ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi;
-ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi;
-kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;
-banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QANDAY HOLLARDA VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI
personmaftuna 20-10-24, 14:07Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandiga asosan...
ЎЗБЕКИСТОНДА ИШЛАБ ЧИҚАРИЛМАЙДИГАН АЙРИМ ТОВАРЛАР БОЖХОНА
personmaftuna 26-01-24, 06:08Фармонга кўра, (https://lex.uz/pdfs/6759637) 2024 йил 1 мартдан 2026 йил 1 мартгача: - тадбиркорлар томонидан...
BINO VA INSHOOTLARNING ZILZILABARDOSHLIGI OSHIRILADI
personmaftuna 04-06-24, 14:09“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini...