Kuzatuvchi » Siyosiy » QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI

QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI

“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo'shimcha choralari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so'mdan yuqori bo'lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko'rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.

Shuningdek, quyidagi tartiblar o'rnatiladi:

2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko'rsatkichlarini hisobga olishga) o'tiladi;

2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma'lumotlari asosida shakllantiriladi;

2024-yil 1-oktabrdan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

XODIMNING “DEKRET” DALIGI YOKI VAQTINCHA MEHNATDA

personmaftuna 30-09-24, 02:52
0 XODIMNING “DEKRET” DALIGI YOKI VAQTINCHA MEHNATDA QOBILYATSIZLIK DAVRI HAR YILGI MEHNAT TA’TILINI OLISH HUQUQINI BERADIGAN ISH STAJIGA KIRADI.

Mehnat kodeksining 226-moddasiga asosan har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p...

MEHNAT SHARTNOMASI QANDAY SHAKLDA TUZILISHI KERAK?

personmaftuna 17-05-24, 01:45
0 MEHNAT SHARTNOMASI QANDAY SHAKLDA TUZILISHI KERAK?

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar...

TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA BOJХONA KOʻRIGI QANCHA DAVOM ETISHI

personmaftuna 19-05-25, 10:28
0 TEMIR YOʻL TRANSPORTIDA BOJХONA KOʻRIGI QANCHA DAVOM ETISHI KERAK?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Transport vazirligining «Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl...

menu
menu