Kuzatuvchi » Siyosiy » TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O'YINLARNI TASHKIL ETISH VA BUKMEKERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHGA RUXSAT ETILADI

TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O'YINLARNI TASHKIL ETISH VA BUKMEKERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHGA RUXSAT ETILADI

“Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish va o'tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-68-son, 19.04.2024 y.) qabul qilindi.

 

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

-internet tarmog'ida tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;

-lotereya, internet tarmog'ida o'yinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi.

Litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmog'idagi o'yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to'lgan O'zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.

2025-yil 1-yanvardan 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog'ida o'yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:

-lotereya, internet tarmog'ida o'yinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmog'ida o'yinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan to'langan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilari hisoblanadi;

-jismoniy shaxslarning Agentlik tomonidan berilgan litsenziyalar asosida o'tkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmog'idagi o'yinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari daromad solig'i to'lashdan ozod etiladi.

Lotereya va internet tarmog'ida o'yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini monitoring va nazorat qilish funksiyalari Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY XUJJATLAR KERAK

personmaftuna 29-06-24, 08:33
0 O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY XUJJATLAR KERAK BO‘LADI ?

Mehnat kodeksining 434-moddasiga ko‘ra, asosiy ish joyidan tashqari boshqa ish beruvchiga o‘rindoshlik asosida ishga...

AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH

personmaftuna 19-05-24, 19:30
0 AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023 y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va...

QORAQALPOGʻISTONDA AGRAR SOHAGA SUBSIDIYA BERILADI

personmaftuna 05-08-24, 17:19
0 QORAQALPOGʻISTONDA AGRAR SOHAGA SUBSIDIYA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 24.06.2024-yildagi “2024-2025 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining pa х ta, boshoqli don...

menu
menu