Kuzatuvchi » Siyosiy » AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI KESKIN PASAYMOQDA

AVTOTRANSPORTNI QAYTA ROʻYХATDAN OʻTKAZISH STAVKALARI KESKIN PASAYMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (03.05.2024-yil, AVdagi roʻyхat raqami 2303-6).

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov stavkasi BHMning 10% miqdorida belgilanmoqda.

Ilgari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari, boshqa avtotransportlar uchun esa – BHMning 6,84 baravari miqdorida toʻlov amalga oshirilgan.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 23-05-24, 18:54
0 “ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“Mehnat migrasiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan...

INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA –

personmaftuna 29-09-24, 21:20
0 INTELLEKTUAL MULK: ZARARLARNI QOPLASH OʻRNIGA – KOMPENSATSIYA

Prezident tomonidan 10.09.2024-yildagi “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada...

O'ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLAR QO'LLAB-QUVVATLANADI

personmaftuna 20-06-25, 14:04
0 O'ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLAR QO'LLAB-QUVVATLANADI

“O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari...

menu
menu