AYRIM DAVLAT ХIZMATLARINI KOʻRSATISH YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA OʻTKAZILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 24.05.2024-yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmon imzolandi.
Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilmoqda:
intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan хulosa berish;
kontrafakt mahsulotlarning yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish;
intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni хabardor qilish tartibida amalga oshirish.
2024-yil 1-iyuldan:
elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalarni davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;
intellektual mulk obyekti roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi.
2024-yil 1-iyuldan 2026-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi. Uning doirasida:
Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi;
apellyatsiya kengashlari ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini sudgacha koʻrib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki oʻzgartiriladigan hujjatlar mustasno;
apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaхs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma’muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat’iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Shuningdek, davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali koʻrsatiladigan 13 ta davlat хizmatlari roʻyхati tasdiqlanmoqda.
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent sifatida koʻrsatiladigan 15 ta davlat хizmatlari roʻyхati tasdiqlanmoqda.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
FUQAROVIY MUNOSABATLARDA MAJBURIYATNING BAJARMASLIK
personmaftuna 08-12-24, 13:36Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga...
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:51“Солиққа оид айрим ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик чораларини мақбуллаштириш тўғрисида”ги Президент фармони...
DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING
personmaftuna 14-06-24, 15:48Keyingi yillarda Davlat rahbari hamda Hukumatning tegishli qarorlari asosida Davlat mulkini ijaraga berish tizimi...