TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI ULARGA ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH VA MALAKA TOIFALARI BERILISHI BO‘YICHA...
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 18.09.2023-yildagi 477-son qarori bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan shifokorlar, farmatsevtlar, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot va farmatsevtika xodimlari) beriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish bo‘yicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi (“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari bundan mustasno).
Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan shifokorlar hamda farmatsevtlar yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan shifokor va farmatsevtlar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil ish stajiga ega bo‘lgandan so‘ng malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari malaka toifasini berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.
Navbatdagi malaka toifasini berish bo‘yicha majburiy attestatsiyadan, shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tgan shifokor va farmatsevtlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga besh yildan so‘ng jalb etiladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uchinchi, ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.
Malaka toifasi 5 yil muddatga beriladi.
Zafarbek NIYOZMATOV,
Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ЧОРВАЧИЛИК ВА ПАРРАНДАЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИ ТЎЛАГАН ҚҚСНИНГ 50
personmaftuna 25-08-25, 02:40“Чорвачилик ва паррандачиликни қўллаб-қувватлаш, соҳада юқори қўшилган қиймат яратиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...
PROKURATURA ORGANLARINING ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHGA
personmaftuna 26-12-24, 13:16Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish...
“АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШДА “ИЖТИМОИЙ КАРТА”
personmaftuna 01-09-25, 01:11Қарорга кўра, ижтимоий картани муомалага чиқариш ва фойдаланиш учун тақдим этиш молиявий агент вазифасини бажарувчи...