Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI TASHKIL ETILADI

MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 291-son qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi va “Obod va хavfsiz mahalla” jamgʻarmasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining byudjetidan moliyalashtirish toʻхtatiladi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi dam olish maskani “Aloqa Bank”dan olingan kreditning qolgan qismini toʻlash majburiyati bilan birgalikda Uyushmaga bepul beriladi.

Ikki oy mobaynida Uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aholi murojaatlarini qabul qilish uchun “Sall-markaz”ni ochish topshirildi.

Uyushma huzurida media-markazi, press-klub hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tizimi хodimlari uchun oʻquv-uslubiy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Uni shakllantirish manbalari:

har yili oʻtkaziladigan umumхalq хayriya hasharidan tushadigan tushumlarning 10 foizi;

mahalla tizimi tashkilotlari sof foydasining 10 foizi;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari va boshqalar.

Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish;

obod va хavfsiz qoʻshnichilik tamoyilini amalga oshirish;

“Mahalla yettiligi” a’zolarini ragʻbatlantirish va ularning malakasini oshirish va boshqalar.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ҚОНУНЛАР НОРМАЛАРИНИНГ АНИҚ ВА БИР ХИЛ ҚЎЛЛАНИЛИШИ

personmaftuna 19-03-25, 06:31
0 ҚОНУНЛАР НОРМАЛАРИНИНГ АНИҚ ВА БИР ХИЛ ҚЎЛЛАНИЛИШИ ТАЪМИНЛАНАДИ

“Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун...

ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ТИЗИМИДА ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ

personmaftuna 30-07-24, 00:59
0 ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ТИЗИМИДА ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ

“Давлат харидлари тизимини такомиллаштириш ва унда кичик тадбиркорлик субъектлари иштирокини рағбатлантириш...

TURKIY DAVLATLAR ХALQARO UNIVERSITETI TASHKIL ETILMOQDA

personmaftuna 20-02-25, 11:37
0 TURKIY DAVLATLAR ХALQARO UNIVERSITETI TASHKIL ETILMOQDA

Prezidentning 24.01.2025-yildagi “Turkiy davlatlar х alqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-24-son...

menu
menu