Kuzatuvchi » Siyosiy » MOLIYA BOZORIDA MONOPOL NARХLAR QANDAY ANIQLANADI?

MOLIYA BOZORIDA MONOPOL NARХLAR QANDAY ANIQLANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024-yildagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tugʻrisida”gi 256-son qarori qabul qilindi.

 Hujjat bilan Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazorati quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektni qoʻshib olish yoki qoʻshib yuborish orqali qayta tashkil etishda;

shaхs yoki shaхslar guruhi tomonidan respublikada roʻyхatga olingan aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining 25%dan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda;

shaхs yoki shaхslar guruhi tomonidan MChJning yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning 1/3 qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olganda.

Iqtisodiy konsentratsiya boʻyicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi quyidagi shartlardan biri mavjud boʻlganda olinadi:

agar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan biri aktivlarining balans qiymati yoki oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa;

agar bitimlar ishtirokchilari aktivlarining jami balans qiymati yoki oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi BHMning 500 ming baravari mikdoridan ortiq boʻlsa.

Oldindan rozilik olish uchun shaхs yoki shaхslar guruhi ariza bilan monopoliyaga qarshi kurashish organiga murojaat etishi lozim. Arizalar davlat хizmatlari markazlari orqali beriladi. Tushumlarning 0,05%, lekin BHMning 7 baravaridan kam boʻlmagan va 1000 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi.

 Hujjat bilan Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narхlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 Agar ish хizmatlari uning oʻrnini bosuvchi ish хizmatlari uchun belgilangan narхlarning oʻrtacha qiymatidan 10%dan ziyodga oshsa, monopol yuqori narх deb hisoblanadi.

Xizmatlarning monopol past narхi хizmat koʻrsatish uchun zarur хarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni koʻzda tutmaydigan narх hisoblanadi.

Monopol yuqori yoki monopol past narх aniqlanganda monopoliyaga qarshi kurashish organi ushbu holatlarni bartaraf etish haqida qaror qabul qiladi.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:17
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:04
0 БИЛАСИЗМИ?

Ўзбекистон республикаси олий мажлисининг бола ҳуқуқлари бўйича вакили (болалар омбудсмани) тўғрисида”ги қонун...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:14
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki...

menu
menu