OTA-ONAGA YOKI ULARNI O‘RNINI BOSUVCHI SHAXSGA BERILADIGAN HAQ TO‘LANADIGAN QO‘SHIMCHA TA’TIL
12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi
Ushbu ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12 yoshga to‘lmagan 2 nafar va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga ko‘ra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida 14 kalendar kun bo‘lgan ta’til beriladi.
Ushbu ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat joriy ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Gulnora MADAMINOVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 03-06-24, 14:27T exnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish...
AYRIM TOIFADAGI OʻQITUVCHILAR ATTESTATSIYADAN OʻTMAYDI
personmaftuna 19-05-25, 10:46Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025-yildagi 130-son qarori bilan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va kasbiy...
XAVFSIZ EVAKUATSIYANI TA’MINLASH MAQSADIDA QAYSILAR
personmaftuna 28-06-24, 23:51O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid...