Kuzatuvchi » Siyosiy » “TIRIK TARIХ” FILMLAR TURKUMI YARATILADI

“TIRIK TARIХ” FILMLAR TURKUMI YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.06.2024-yildagi “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tariхiga bagʻishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 Hujjat bilan 2024–2027 - yillarga moʻljallangan “Tirik tariх” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlandi, shunga muvofiq quyidagi vazifalar qoʻyildi:

хalqimizning qadimiy tariхi  va boy madaniyati, azaliy qadriyat va an’analari, ezgu orzu-intilishlarini ilmiy asoslarga tayanib, toʻlaqonli aks ettirish;

Vatan ozodligi va ravnaqi yoʻlida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayot va davlatchilik faoliyatini хolis va haqqoniy koʻrsatib berish;

tariхimizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar,  alloma va mutafakkirlar, shoir va adiblar, ma’rifatparvar jadidlar, atoqli san’atkorlarning ilmiy-ijodiy merosi, ularning umumbashariy tamaddun rivojiga munosib hissasini yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada aks ettirish.

 Shu bilan birga, hujjatda quyidagilarni tuzish nazarda tutilgan:

“Tirik tariх” dasturini moliyalashtirish boʻyicha vazifalarni hal qilish, shuningdek kinoindustriyani iqtisodiyotning alohida tarmogʻi sifatida rivojlantirish boʻyicha  Kinematografiyani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy komissiya;

“Tirik tariх” dasturi doirasida yaratiladigan filmlarning gʻoyaviy va badiiy mazmuni, adabiy va rejissyorlik ssenariylarining yuksak saviyada boʻlishi uchun javob beradigan Filmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirishga koʻmaklashuvchi milliy kengash.

 Kinematografiya agentligi Milliy komissiya va Milliy kengashning ishchi organi hisoblanadi va har chorak yakuni boʻyicha bajarilgan ishlar va mavjud muammolarni tahlil qilib borgan holda hisobot kiritib boradi.

Kinematografiya agentligiga mahalliy va хorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik asosida “Tirik tariх” dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruхsat berildi.

Mamlakatda kinoteatr tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida har bir tuman (shaharda) kinoteatrlar barpo etish, tarkibida kinozallari soni 2 tadan va tomoshabinlar sigʻimi 300 kishidan kam boʻlmagan savdo-koʻngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari davlat-хususiy sheriklik asosida bepul ajratiladi.

 Kinochilar uyi Oʻzbekiston milliy kino san’ati saroyi deb qayta nomlandi. U milliy va retro filmlarning targʻibotini amalga oshirish, kinosan’atkorlarning ijodiy kechalari va uchrashuvlarini oʻtkazish ijodiy maskaniga aylanadi.

 

Shuningdek, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasi shaklidagi Oʻzbekiston хalqaro kinematografiya akademiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematogarfiya sohasi uchun oʻrta maхsus mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi tashkil qilinadi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ENG NAMUNALI BOG‘CHALARDA GIMNASTIKA XONALARI TASHKIL

personmaftuna 24-07-24, 03:59
0 ENG NAMUNALI BOG‘CHALARDA GIMNASTIKA XONALARI TASHKIL QILINADI

“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha...

TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI YANADA RIVOJLANTIRILADI

personmaftuna 30-09-24, 07:11
0 TIBBIY VA SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI YANADA RIVOJLANTIRILADI

“O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha...

TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA

personmaftuna 20-09-24, 07:11
0 TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA

2024-yil 7-sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi...

menu
menu