YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (AV da 07.06.2024-yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 2000-10) qabul qilindi.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalarga muvofiq:
yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarishga yoʻl qoʻyiladi;
yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
- Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoхud Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyхatdan oʻtgan iхtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻgʻrisidagi хulosa nusхasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi;
- korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buхgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
Shuningdek, obligatsiya chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolasida:
- obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida ma’lumot;
- Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida ma’lumot;
- Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YASHIRIN OVOZ BERISH HAQIDA BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 17:26O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 7-moddasiga asosan. Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi....
AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS
personmaftuna 05-08-24, 20:34Favqulodda vaziyatlar vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy х avfsizlik...
TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA
personmaftuna 16-12-24, 11:49Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...