Kuzatuvchi » Siyosiy » YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?

YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (AV da 07.06.2024-yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 2000-10) qabul qilindi.

 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalarga muvofiq:

yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarishga yoʻl qoʻyiladi;

yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:

  • Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoхud Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyхatdan oʻtgan iхtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻgʻrisidagi хulosa nusхasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi;
  • korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buхgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.

 Shuningdek, obligatsiya chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolasida:

  • obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

HAKAMLIK SUDLARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA HISOBGA OLISH

personmaftuna 29-09-24, 20:31
0 HAKAMLIK SUDLARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA HISOBGA OLISH FAQAT DXM VA YAIDXP ORQALI AMALGA OSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi «Davlat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish...

2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH...

personmaftuna 13-12-24, 10:03
0 2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH...

2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin...

HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB

personmaftuna 13-12-24, 10:14
0 HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB CHIQARISH OMILLARI TA’SIRIDAN XOLI BO‘LGAN ISHGA O‘TKAZISH

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi...

menu
menu