AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI HUQUQLARI
2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Prezident Farmoniga muvofiq, Aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida: 2024-yil 1-iyuldan: elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratilib, intellektual mulk obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etilib, Adliya vazirligiga intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish, kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo‘yish va yo‘q qilish, intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish huquqlari berilishi belgilangan.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QISHLOQ XO’JALIGI KOOPERATIVI FAOLIYATI TURLARI HAQIDA
personmaftuna 22-03-25, 11:35Qishloq xo‘jaligi kooperativi — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki)...
KIBERJINOYAT UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?
personmaftuna 12-12-24, 03:48So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda saytlarni buzib kirish, yolg‘on xabarlar va turli xildagi virusli dasturlarni...
SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTE’MOLI QOIDALARINI BUZISH
personmaftuna 30-05-24, 11:21Tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv...