Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MULKINI BOSHQARISH

DAVLAT MULKINI BOSHQARISH

Davlat mulki deb - Respublika mulkidan va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo‘lgan ommaviy mulkka nisbatan aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga asosan, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektlari, respublika budjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo‘lishi mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining  215-moddasida  davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Agentlik (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi), maxsus vakolatli davlat organlari, davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat mulkini boshqarish subyektlari hisoblanadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

EKSPORT TARTIB-TAOMILLARI JST TALABLARIGA

personmaftuna 19-05-25, 08:23
0 EKSPORT TARTIB-TAOMILLARI JST TALABLARIGA MUVOFIQLASHTIRILMOQDA

Prezident tomonidan 14.03.2025-yildagi «Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va...

VAZIRLIK, QOʻMITA, AGENTLIK VA INSPEKSIYALARNING TAʼRIFI

personmaftuna 27-06-24, 23:53
0 VAZIRLIK, QOʻMITA, AGENTLIK VA INSPEKSIYALARNING TAʼRIFI

Bugungi kunda Hukumat tarkibidagi davlat organlari asosan, vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiya shaklida tashkil...

KIMLAR QONUNCHILIK TASHABBUSI HUQUQIGA EGA ?

personmaftuna 07-02-25, 13:51
0 KIMLAR QONUNCHILIK TASHABBUSI HUQUQIGA EGA ?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan: Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston...

menu
menu