Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLAR YIG‘INI RAISI (OQSOQOLI) SAYLOVI

FUQAROLAR YIG‘INI RAISI (OQSOQOLI) SAYLOVI

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.

Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni 18 yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘ladi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishi mumkin emas.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining  15.10.2018 yildagi O‘RQ-499-sonli  “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va o‘zining ushbu nomzodlar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuborishi belgilangan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA

personmaftuna 30-09-24, 02:23
0 TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASIDAN TAVSIYANOMA OLISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan...

OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI

personmaftuna 02-05-24, 00:07
0 OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Eng avvalo oʻrindoshlik tushunchasiga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 432-moddasida koʻrsatib oʻtilgan....

ЯНГИ ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ НОМОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСНИ

personmaftuna 18-09-24, 21:07
0 ЯНГИ ИЛМИЙ-ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ НОМОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ БИЛАН ШУҒУЛЛАНАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 29.06.2024 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги ҳузуридаги Маданиятшунослик ва...

menu
menu