Kuzatuvchi » Siyosiy » I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 427-moddasiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilangan.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soatu 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga to‘liq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KONSERTLARDA JONLI IJRO QANDAY RAGʻBATLANTIRILADI?

personmaftuna 15-05-25, 14:06
0 KONSERTLARDA JONLI IJRO QANDAY RAGʻBATLANTIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi «Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha...

OILAVIY ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXS TALABIGA KO‘RA

personmaftuna 01-05-25, 06:35
0 OILAVIY ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXS TALABIGA KO‘RA NIKOHDAN AJRASHAYOTGANDA MUHLAT TAYINLANMAYDI

Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy...

HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

personmaftuna 23-05-24, 19:19
0 HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o'rganish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga...

menu
menu